David Goffin chorak finalga chiqa olmadi
Belgiyalik tennischi David Goffin Frantsiyada o‘tayotgan "Open Sud de France" turnirining ikkinchi davrasiga chiqa olmadi.
David musobaqaning birinchi davrasida serbiyalik Filip Krayinovichga har ikkala setda bir xil, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Monpele shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida Krayinovich chexiyalik Tomash Berdixga qarshi o‘yin o‘tkazadi.



Fikrlar