
Darya Kasatkina bor yo‘g‘i uchta geymni yutib oldi
Melburndagi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi davrasi rossiyalik tennischilar uchun unchalik omadli o‘tmayapdi.
Ana shunday omadsizlik Darya Kasatkinani ham chetlab o‘tmadi. U shveytsariyalik Timea Bachinskiga qarshi o‘tgan o‘yinda 3:6, 0:6 hisobida engildi.
Shu tariqa Bachinski navbatdagi bosqichda yana rus tennischisi Natalya Vixlyantseva, yoki amerikalik Varvara Lepchenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar