Darvozabonlar kun yulduzi bo‘lishdi

CHERY AUTO

Bugun okean ortida Milliy xokkey ligasining muntazam chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. An’anaga muvofiq, rasmiylar bugungi kunda ajoyib o‘yinlari bilan yodda qolgan xokkeychilardan iborat yulduzli uchlikni e’lon qilishdi. 

Tecno

Unga ko‘ra, "Boston" darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, jamoasining g‘alabasiga katta xissa qo‘shgan "Anaxaym" hujumchisi Adam Xenrik uchinchi, butun bahs davomida raqiblar tomonidan yo‘llangan 28 zarbaning barchasini bartaraf qilgan "Los-Ajeles" posboni Darsi Kyumper ikkinchi yulduz bo‘ldi. Kunning eng yaxshi xokkeychisi sifatida "Pittsburg"ning 23 yoshli kanadalik darvozaboni Mett Myurrey e’tirof etildi. Mett "San-Xose"ga qarshi o‘yinda yo‘llangan 42 zarbaning 40tasini qaytargan. "Pingvinlar" esa ushbu bellashuvda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!