
Dani Alves "Manchester Siti"ga o‘tmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi himoyachisi Dani Alves faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
UOL Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli braziliyalik futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Alves “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola bilan “Barselona”da birga faoliyat olib borgan va ular o‘zaro yaxshi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, Alvesning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar