Dani Alves "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

  • 6 fevral, 2019, 10:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UOL nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi sobiq ustozi Xosep Gvardiola bilan yana birgalikda ishlash uchun "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolamoqchi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va shu maqsadda "Flamengo"ning taklifini rad etdi.

Tecno

Dani 2017 yilda PSJga ko‘chib o‘tgan edi. Bunga qadar braziliyalik futbolchi "Yuventus", "Barselona", "Sevilya" va "Baiya" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Joriy yilgi mavsumda Alves Frantsiya chempionatida 8 ta bellashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!