
“Cuba Domadores”ning “Uzbek Tigers” bokschilariga qarshi tarkibi bilan tanishing
Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak final ilk uchrashuvida “Uzbek Tigers” amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschilarini 3:2 hisobida mag‘lub qilgan edi.
Endi bu jamoalar Kubada javob uchrashuvini o‘tkazadi. Kubaliklar to‘sig‘idan o‘tish uchun “Uzbek Tigers" rahbariyati bugungi kunda o‘z vaznida eng kuchli bo‘lgan bokschilarni tanlagan edi. O‘z navbatida keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilgan kubaliklar ham kuchli tarkib bilan ringga chiqadigan bo‘ldi.
>>> “Uzbek Tigers” javob uchrashuvida “Cuba Domadores” to‘sig‘idan o‘ta oladimi? (sharh)
“Cuba Domadores” tarkibi bilan tanishing:
52 kg:
Jasur Latipov – Veytia Uosbanu
60 kg:
Elnur Abduraimov – Estrada Alvares
69 kg:
Shahram G‘iyosov – Iglesias Roniel
81 kg:
Bektemir Meliqo‘ziev – La Kruz Julio
+91 kg:
Bahodir Jalolov – Larduet Gomes
Agar mazkur bellashuvlar 3:2 hisobida kubaliklar hisobiga hal bo‘ladigan bo‘lsa, g‘olibni aniqlash uchun jamoalar qo‘shimcha jangga murojaat qilishadi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, ushbu qarama-qarshilik +91 kg vazn toifasida Mirzobek Hasanov va Toirak Yandri o‘rtasida o‘tkaziladi.
SPORTS.uz internet portali "Uzbek Tigers" bokschilariga omad tilab qoladi.
Fikrlar