
Corriere dello Sport: "Real" Konte bilan muzokaralarni boshlab yubordi
Londonning “Chelsi” klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte “Real” Madrid boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Corriere dello Sport hamda Sportitalia nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” vakillari 48 yoshli italiyalik mutaxassis bilan allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan. Dastlabki muzokaralar dushanba kuni o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, Konte ayni damda o‘zini amaldagi shartnoma muddati yakunlanishidan avval iste’foga chiqargan “Chelsi” bilan sudlashmoqda. Boisi, “aristokratlar” imzolangan kelishuvga ko‘ra Kontega 10 million evro tovon puli to‘lashlari lozim.
Ma’lumot uchun, “Real” amaldagi bosh murabbiy Xulen Lopetegi qo‘l ostida so‘nggi 4ta bahsdan buyon g‘alaba qozonish uyoqda tursin, xatto gol ham ura olmayapti.
Fikrlar