Chempionlar ligasida yarim finalchilar nomi aniqlandi

CHERY AUTO

Xokkey bo‘yicha Chempionlar ligasida chorak final bahslarining javob uchrashuvlari o‘tkazildi.

Tecno

Shvetsiyada «Bryunes» jamoasi Chexiyaning «Trshines» klubini qabul qildi. Safarda o‘ynashiga qaramasdan o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olgan «Trshines» mezbonlarni 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Chexiyaning yana bir klubi «Kometa Brno» esa Finlyandiyaning «Yuvyaskyulya»siga – 3:5 hisobida engildi.

Shuningdek chorak finalda «Syurix» (Shveytsariya) o‘z maydonida «Liberes» (Chexiya)ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, «Vekshe» (Shvetsiya) – «Bern» (Shveytsariya) uchrashuvi 4:2 hisobida yakunlandi.

Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlari 2018 yilning 9 yanvar kuni o‘tkaziladi. Unda «Vekshe» – «Liberes» , «Yuvyaskyulya» – «Trshines» jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!