
Chempionlar ligasida hafta futbolchisi aniqlandi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchi deb topildi.
31 yoshli argentinalik futbolchi bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada Neymar (PSJ), Paulo Dibala ("Yuventus") va Edin Jekolarni ("Roma") ortda qoldirishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi EChLning guruh bosqich 2-turida “Tottenxxem”ga qarshi bahsda o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘yishga erishgan edi.
Fikrlar