Chempionlar ligasi: "Zenit" g‘alaba qozondi
Voleybol bo‘yicha Evropa chempionlar ligasining guruh bahslari to‘rtinchi turida "A" guruhidan joy olgan "Zenit-Kazan" – "Ruselar" (Belgiya) uchrashuvi 3-1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Turkiyaning Xalkbank jamoasi Germaniyaning "Frankfurt" klubini 3-1 hisobida engdi.
"E" guruhida "Arkas Spor" (Turkiya) – "Dinamo Moskva" (Rossiya) bahsi 0-3, "Peruja" (Italiya) – "Tur" (Frantsiya) o‘yini 3-0 hisobida tugadi.
"C" guruhida Germaniya "Fridrixsxafen" klubi Frantsiyaning "Shomon" jamoasiga 2-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mazkur guruhda "Zenit Sankt-Peterburg" o‘z parketida Sloveniyaning "Lyublyana"sini 3-0 hisobida taslim qildi.



Fikrlar