
"Chelsi" Markos Alonsoni bu yoz sotmaydi
Londonning “Chelsi” klubi “Real” va “Atletiko”ning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan himoyachisi Markos Alonsoni bu yoz sotmaydi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ispaniyalik iqtidor egasini jamoa uchun muhim futbolchi deb hisoblamoqda.
Ustiga-ustak, agar “Chelsi” Alonsoni sotgan taqdirda ham uning o‘rniga yangi futbolchi qo‘shib ololmaydi. Chunki, APLda allaqachon transfer derazasi yopilib bo‘lgan.
Fikrlar