
"Chelsi" Kurtuaning o‘rniga yana bir nomzod topib qo‘ydi
Londonning “Chelsi” klubi tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan darvozabon Tibo Kurtuaning o‘rniga munosib nomzod qidirishni davom ettirmoqda.
Xabarlarga qaraganda “aristokratlar” bu borada “Atletik” Bilbao posbon Kepa Arrisabalaganing nomzodini ham ko‘rib chiqishmoqda. Unga ko‘ra “Chelsi” bilbaoliklar uchun futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 80 mln evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor.
Bundan tashqari londonliklar 23 yoshli ispaniyalik darvozabonni “Stemford Brij”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishlari lozim. Buning uchun ular Arrisabalagaga yuqori maosh va asosiy tarkibdan joy va’da qilishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Kepa “Atletik” bilan amaldagi shartnomasini jory yilning yanvarida 2025 yilgacha uzaytirgan edi.
Fikrlar