
“Chelsi” 2018 yilda o‘z uy uchrashuvlarini qaysi stadionda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi (foto)
Londonning “Chelsi” klubi “Uembli” stadionini ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
“Aristokratlar”ning 11 yanvarda bo‘lib o‘tadigan direktorlar kengashi yig‘ilishida “Stemford Brij”ni rekonstruktsiya qilish masalasi hal etilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra stadionni ta’mirlash uchun tahminan 500 million funt ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Uembli” stadionida Londonning boshqa bir jamoasi – “Tottenxem” o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazyapti. “Shporlar” 2018/2019 yilgi mavsumga qadar o‘zining yangi stadioniga ko‘chib o‘tishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" premer-liganing o‘tgan turida aynan "Tottenxem" jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar