Chavandoz xotirasiga musobaqa uyushtirildi va ehson dasturxoni yozildi (foto)

CHERY AUTO

  Poytaxtimizdagi "Universal jamping" ot sporti klubida marhum chavandoz, ot sportining ashaddiy muhlisi, jahon chempioni Jo‘raqo‘zi Turdimatovni xotirlab musobaqa o‘tkazildi hamda ehson dasturxoni yozildi. Marhumning do‘stlari, tengdoshlari, hamkasblari, ulfatlari, sport muhlislari, murabbiylar tomonidan iliq so‘zlar bilan xotirlandi. So‘ngra tilovat qilinib, osh tortildi.

Tecno

Jumping-ehson (1)

Jumping-ehson (2)

Jumping-ehson (3)

Jumping-ehson (4)

Jumping-ehson (5)

Jumping-ehson (6)

Jumping-ehson (7)

Jumping-ehson (8)

P.S. Jo‘raqo‘zi Turdimatov 1958 yil 20 noyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Umrining asosiy qismini sportga, aksariyat ot sportiga bag‘ishladi. Ot poygasi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi. Ot sporti federatsiyasida, uloq-ko‘pkari federatsiyasida uzoq yillar samarali mehnat qildi. Og‘ir xastalikdan so‘ng, 2018 yil 9 sentyabrda vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!