Buyuk Britaniyada muvaffaqiyatga erishgan shaxmatchimiz tantanali kutib olindi
Xabar berib o‘tganimizdek, Buyuk Britaniyada shaxmat bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasida shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqa doirasida Ochiq chempionat ham tashkil qilindi va unda hamyurtimiz Sirojiddin Zayniddinov 30 nafar shaxmatchi ichida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun erta tongda yurtdoshimiz Frankfurt orqali poytaxtimizga etib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, shaxmatchimizning yaqinlari, bir qator ko‘ngillilar va OAV xodimlari tantanali tarzda kutib olishdi.
Ma’lumot uchun, Sirojiddin bungacha o‘smirlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek Osiyo chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.



Fikrlar