Buxorolik yosh sportchilarga "Spark" avtomobili topshiriladi

BEPUL PROPAN

O‘yinlar yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir. Umumjamoa hisobida medallar sifati bo‘yicha 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladik.

Mazkur nufuzli musobaqada g‘olib chiqqan buxorolik ikki sportchiga viloyat hokimligi tomonidan "Spark" avtomobili topshiriladi. Bular boks bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalakov va sport kurashlari  bahslarida termamizga yana bir oltin medal taqdim etgan Umidjon Jalolovlardir.

Eslatib o‘tamiz, Milliy sport mukofoti marosimida "Yilning yosh va istiqbolli sportchisi" yo‘nalishida o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, Osiyo va jahon chempioni Abdumalik Xalakov tengsiz bo‘lgan edi.

Shuningdek yana ko‘plab sportchilarga boshqa qimmatbaho sovrinlar topshirilishi rejalashtirilgan.

ro`yxat

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!