Buskets "Barsa"ning mag‘lubiyati va Pikeni tanqid qilish haqida aytib o‘tdi

  • 27 sentabr, 2018, 13:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets Ispaniya chempionati doirasida "Leganes"dan mag‘lubiyatga (1:2) uchraganliklari haqida o‘z fikrini bildirdi. 

Tecno

- Bir necha kun oldin biz ochko yo‘qotgandik, ammo o‘tgan uchrashuvda boshqacha vaziyatda to‘p tepgandik. "Leganes"ga qarshi bahsda biz teng tarkibda maydonda o‘ynadik. Raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik, biroq ushbu imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Pikeni tanqid qilish haqida shuni aytaolmanki, biz bir jamoa bo‘lib g‘alaba qozonamiz hamda mag‘lubiyatga uchraymiz. "Barsa" bir jamoa bo‘lib maydonda harakat qildik va jamoa bo‘lib imkoniyatni boy berdik, - deya Busketsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!