
Bundesliga. "Bavariya" "Shtutgart"dan ustun keldi
"Alyants-Arena"da kechgan uchrashuvda myunxenliklar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 5-daqiqada Tyago Alkantara hisobni ochdi. Oradan 20 daqiqa o‘tib esa mehmonlar muvozanatni tiklashdi.
Biroq ikkinchi bo‘lim avvalida Kristian Gentner kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 65-daqiqada Robert Levandovski penaltidan foydalana olmadi. Oradan 5 minut o‘tib esa Leon Gorettska hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, o‘yinga yakuniy nuqtani Levandovski qo‘ydi - 4:1.
Fikrlar