
Bugun uchinchi o‘rin uchun, ertaga esa final bahslariga start beriladi
Bugun futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston chempionati uchinchi o‘rin uchun bellashuvlariga start beriladi. Bronza medallarini qo‘lga kiritish maqsadida Toshkentning "Bunyodkor" hamda Qarshining "Do‘stlik-AIN" jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi. Uchrashuv 15:00da "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ertaga esa milliy chempionatimizning final o‘yinlariga start beriladi. Bosh sovrin uchun amaldagi chempion "Olmaliq" va "Ardus" jamoalari o‘zaro bellashadilar. Quyida uchinchi o‘rin uchun va final o‘yinlarining to‘liq taqvimini keltirib o‘tamiz.
Oliy liga
Uchinchi o‘rin uchun
19.04.2017
15:00. "Bunyodkor" - "Do‘stlik-AIN"
20.04.2017
Uchinchi o‘rin uchun
15:00. "Do‘stlik-AIN" - "Bunyodkor"
Final
18:00. "Olmaliq" - "Ardus"
21.04.2017
Uchinchi o‘rin uchun
15:00. "Bunyodkor" - "Do‘stlik-AIN"
Final
18:00. "Ardus" - "Olmaliq"
22.04.2017
Final
18:00. "Ardus" - "Olmaliq"
Eslatib o‘tamiz, milliy chempionatimizning pley-off o‘yinlari tomonlardan birining ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi.
Barcha futzal ishqibozlarini "O‘zbekiston" sport majmuasiga taklif etamiz. Arenaga kirish bepul. Mamlakatimizning 2016-2017 yilgi mavsumida kim chempion bo‘lishini ko‘rmoqchimisiz? "Olmaliq" ketma-ket uchinchi marta oltin medallarga ega chiqadimi yoki "Ardus" uchinchi yil deganda olmaliqliklarni finalda to‘xtatadimi? Bularning bariga o‘z ko‘zingiz bilan guvoh bo‘lishni istasangiz "O‘zbekiston" sport majmuasiga marhamat qiling!
Fikrlar