
Bugun ayollar chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkaziladi
Bugun futbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining 2018 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etadi. Soat 14:30da 28-turning barcha uchrashuvlari start oladi.
Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, chempion nomiga aynan oxirgi tur oydinlik kiritib beradi. Hozirda 1-o‘rinda borayotgan “Bunyodkor-W” hisobida 72 ochko mavjud. 2-o‘rindagi “Sevinch” futbolchi qizlari esa 70 ochko jamg‘arishgan. Agar bugun “Bunyodkor” g‘alabaga erishsa, o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.
12 karra chempion “Sevinch” esa o‘zi g‘alaba qozonish bilan bir qatorda, “Bunyodkor”ning mag‘lub bo‘lishini kutishi talab etiladi. Yo‘qsa qarshilik qizlar kumush medallarga ega chiqishadi.
3-o‘rin sohibi esa allaqachon aniq bo‘lib ulgurgan. “Metallurg-W” jamoasi bronza medallarini rasmiylashtirishga erishdi.
28-tur, 12 noyabr
"Metallurg" — "Sevinch"
Hakamlar: A. Hudoyberganov, K. Sereda, A. Abdullaev, O. Umarov.
Nazoratchi: M. Ismoilov.
***
"Bunyodkor" — "Sho‘rtan"
Hakamlar: A. Sidorova, Sh. Qayumov, S. Hasanboev, F. Yansupov.
Nazoratchi: B. Tog‘aev.
***
"So‘g‘diyona" — AGMK
Hakamlar: T. Suyunov, H. Erkinova, A. Konchikova, Sh. Fayziev.
Nazoratchi: V. Shashkov.
***
"Lokomotiv" — "Paxtakor"
Hakamlar: I. Gormashov, J. Najmiddinov, M. Raxmatqulova, D. Akmalov.
Nazoratchi: R. Serazitdinov.
***
"Qo‘qon-1912" — "Qizilqum"
Hakamlar: H. Jumaeva, S. Yo‘ldoshev, A. Abduraimov, R. Kopadze.
Nazoratchi: S. Najafaliev.
***
"Andijanka" — "Buxoro"
Hakamlar: I. Ismoilov, K. Hasanov, X. O‘rolov, M. Mamatxonov.
Nazoratchi: F. Hasanov.
Fikrlar