Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Myanmaga qarshi maydonga tushadi

  • 11 dekabr, 2017, 10:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Tailandda "M-150 Cup" musobaqasi davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham musobaqadagi ishtirokini Myanma U-23 terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin bilan boshlaydi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa kecha o‘yin oldi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bugun tong futbolchilar uchun engil chigalyozdi mashqlari bilan boshlandi. Peshindan so‘ng futbolchilarga o‘yin oldi ko‘rsatmasi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, guruhdagi dastlabki bahsda Vetnam terma jamoasi Myanmani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘zbekiston U-23 - Myanma U-23 uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18.00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!