Bugun O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi

  • 23 fevral, 2019, 08:04
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘yinga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi.  O‘zbekiston Superkubogini o‘tkazish bo‘yicha nizomga ko‘ra, g‘olib uchrashuv asosiy vaqtida qayd etiladigan natijaga asosan aniqlanadi.

Tecno

Agar 90 daqiqada ham durang bo‘lsa, 15 daqiqadan iborat qo‘shimcha 2 ta taymlar o‘tkaziladi. Unda ham g‘olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Qayd etish joiz, Superkubok bellashuvi vaqtida olinadigan sariq va qizil kartochkalar Superliga uchrashuvlarida ham amal qiladi. ma’lumot o‘rnida, shu paytga qadar o‘tkazilgan o‘yinlarda 17 marta sariq kartochka ko‘rsatilgan. Birorta ham o‘yinchi maydondan chetlatilmagan.

Mazkur turnirda hech kim ikki marta g‘alaba qozonmagan. Bu borada “temiryo‘lchilar”da imkoniyat bor. Ammo Mirjalol Qosimov boshchiligida yangidan tuzilgan Olmaliq jamoasi tarkibi jihatdan etarlicha yo‘qotishlarga uchragan “Loko”ga kubokni osonlikcha topshirib qo‘ymasliklari aniq. Ko‘ramiz, bellashuvda yangi g‘olib nomi aniqlanadimi yoki Andrey Fyodorov shogirdlari mavsumni sovrin bilan boshlashadimi? Buni vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nishonov Azizbek
23/02/2019 08:24
Omad jamoalarga, bu o'yinni albatta stadiondan tomosha qilamiz...