
Bugun APLda markaziy o‘yin: "Chelsi" Londonda "Manchester Siti"ni qabul qiladi
Bugun Angliya premer-ligasining 16-tur markaziy bahsi Londondagi mashhur “Stemford Brij” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Chelsi” APLning amaldagi chempioni hisoblangan “Manchester Siti”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- Angliya premer-ligasiga asos solingandan buyon "Chelsi" va "Manchester Siti" o‘zaro 42 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 24tasida “aristokratlar”, 11tasida esa “shaharliklar”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 7ta o‘yinda esa kuchlar teng kelgan.
- Agar bugun “Manchester Siti” Londonda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, 1995 yildan buyon ilk bor qatorasiga 2ta safar bahsida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘ladi.
- Bordiyu “Manchester Siti” bugun “Chelsi”ga mag‘lub bo‘lmasa, o‘zining premer-liga doirasida safardagi bahslardagi mag‘lubiyatsio‘ seriyasini 15ta o‘yinga etkazib oladi va bu borada musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etadi.
- “Chelsi” premer-liga doirasida 11ta o‘yindan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.
- "Chelsi" qatorasiga 3ta o‘yindan buyon “Manchester Siti” darvozasiga yo‘l topa olmay kelmoqda.
"Chelsi" – "Manchester Siti"
Stadion: "Stemford Brij" (London)
Boshlanish vaqti: 22:30
Bosh hakam: Maykl Oliver
Taxminiy tarkiblar:
"Chelsi": Kepa – Aspilikueta, Ryudiger, Luis, Alonso – Jorjino, Kante, Kovachich – Pedro, Azar, Jiru.
"Manchester Siti": Ederson – Uolker, Stounz, Lyaport, Delf – Fernandino, B. Silva, D. Silva – Sterling, Sane, Jezus.
Fikrlar