Bu mavsum A Seriya jamoalari amalga oshirgan 10 ta eng yaxshi transfer

  • 24 avgust, 2018, 23:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan hafta so‘nggida Italiyada ham transfer oynasi yopildi. A Seriyadagi, balki jahondagi eng katta transfer shubhasiz Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishi bo‘ldi.

Tecno

Biz esa sizlarni A Seriya jamoalari amalga oshirgan eng yaxshi 10 transfer bilan tanishtirishini maqsad qildik.

10. Shime Vrsalko ("Atletiko"dan "Inter"ga, sotib olish sharti bilan bir yillik ijara)

Joau Kanseluni qo‘lga kirita olmagan "Inter"ga yangi o‘ng qanot himoyachisi sotib olish masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ularga butun bir qanotni bir o‘zi eplay oladigan futbolchi kerak edi. D'Ambrozio bundaylar safiga kirmaydi. Natijada, "nerradzurrilar" yaxshi transferni amalga oshirishdi. 

Vrsalko Diego Simeone bilan yaxshi kelisha olmadi va ish joyini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Xorvatiyalik futbolchiga yangi jamoaga kirishib ketish uchun vaqt ham kerak emas. Boisi, u "Atletiko"ga qadar "Sassuolo" safida to‘p tepgan.

9. Mattia Kaldara ("Yuventus"dan "Milan"ga, 35 mln evro)

Kaldara "Milan" va "Yuventus" o‘rtasidagi uchburchakning bir qismi bo‘ldi. Qo‘pol qilib aytganda, uni bir pul misoli ko‘rishdi. "Bnkonerrilar" Leonardo Bonuchchini ortga qaytarmoqchi bo‘lishdi va buning uchun ko‘p narsadan voz kechdilar. "Yuventus"ning qarori to‘g‘ri, ammo nega aynan "Milan"ga? Bu transferan ko‘proq "rossonerilar" yutishdi nazarimda. U shu ketishda bo‘lsa, nafaqat "Milan"ning, balki, Italiya terma jamoasining markazidan muqim joy oladi hali.

8. Fabian Ruis ("Betis"dan "Napoli"ga, 30 mln evro)

Ruis "Betis"da yaxshi mavsumni o‘tkazdi va o‘zining yaxshi o‘yini bilan Ispaniya terma jamoasi murabbiylari nigohiga tushdi. Uning tovon puli bor-yo‘g‘i 30 mln evro ekanligi bois, yozda jamoasini o‘zgartirish deyarli aniq edi. Faqat 22 yoshli futbolchi uchun kurashda qaysi klub yutib chiqishi noma’lum edi. Qizig‘i, bu jamoa har bir tsentni tejab ishlatadigan prezidentga ega bo‘lgan "Napoli" bo‘ldi.

7. Emre Jan (erkin agent— "Yuventus"ga)

emre jan juv

"Keksa sinora" 24 yoshli futbolchini bepul qo‘lga kiritdi va shuning o‘ziyoq ular uchun katta g‘alaba. Emre Turinda ham o‘zining Germaniya terma jamoasidagi sherigi Sami Xedira bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. 

6. Joau Kanselu ("Valensiya"dan "Yuventus"ga, 40.4)

Yana "Yuventus" rahbariyatiga tahsinlar o‘qiymiz. "Inter"da portugaliyalik futbolchini sotib olish uchun 35 mln topilmadi. Bundan esa turinliklar unumli foydalanib qolishdi.

5. Leonardo Bonuchchi ("Milan"dan "Yuventus"ga, 35 mln evro)

bonuccu jub

Adashgan o‘g‘ilning qaytishi mahalliy muxlislarga unchalik ham yoqmadi. Axir kim ham Krishtianu bilan o‘ynashni istamaydi deysiz?

4. Stefan de Vrey (erkin agent— "Inter")

Bu transfer "Inter" uchun foydali bo‘lishi aniq. Gollandiyalik futbolchi uchun bir nechta top-klublar qiziqish bildirayotgan edi. Biroq "nerradzurrilar" bu kurashda g‘olib chiqishdi va de Vreyni yiliga 4 mln evrolik maoshga ko‘ndirishga erishdilar. Lekin ular o‘zoq muddat himoya haqida o‘ylamaydigan bo‘lishdi, bu bilan.

3. Radja Nainggolan ("Roma"dan "Inter"ga, 38 mln evro)

nainggolan inter

Yozning eng kutilmagan transferlaridan biri bo‘ldi. Nega xorij jamoalariga emas, aynan "Inter"ga? "Bo‘rilar"ning ko‘pchilik muxlislari shu savolga javob   topisha olmadi. "Inter" esa Santona va Dzaniolani berib, yana 24 mln evro  to‘ladi xolos. Ammo belgiyalik futbolchi tunggi klublardagi ishlari bilan milanlik muxlislarning ham g‘azabiga uchrab bo‘ldi.

2. Gonsalo Iguain ("Yuventus"dan "Milan"ga, sotib olish sharti bilan ijara)

higuain mil

Iguain yana Ronaldu tufayli o‘z jamoasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bundan bir necha yil oldin ham Ronaldu bilan yaxshi tandem hosil qila olmasligi sabab "Real"ni tark etgan edi. Argentinalik futbolchi ham Bonuchchi transferining bir qismi sifatida Milanga keldi. 30 yoshli hujumchi yana 3-4 yil "rossonerilar" uchun yuqori saviyada o‘ynab berolsa kerak.

1. Krishtianu Ronaldu ("Real"dan "Yuventus"ga, 117 mln evro)

ronaldu jv_2

Nihoyat yozning, balki A Seriya tarixidagi eng muhim transferiga ham etib keldik. Albatta, bu transferning amalga oshishida Ronalduning o‘zi katta rol o‘ynadi. Lekin "Yuventus" menejmenti amalga oshirgan ishlarni ham maqtab o‘tmasdan iloj yo‘q. Aynan Ronalduning tashrifi bilan "keksa sinora"ning obro‘si va mashhurligi misli ko‘rilmagan darajaga etdi va endi ular o‘zlarining azaliy orzusi - EChLni qo‘lga kiritishlari uchun barcha narsaga egalar. Siz nima deysiz?

Shahzod Xolboev tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!