Branislav Ivanovich Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi mumkin

  • 21 yanvar, 2019, 15:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zenit” klubi himoyachisi Branislav Ivanovich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. UNO nashri taqratgan xabarga ko‘ra, ushbu mamlakat klublaridan biri serbiyalik futbolchiga yiliga 6-8 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Tecno

Shu sababli Ivanovich “Zenit” qishki transferlarma mavsumidayoq tark etishi mumkin. Uning piterliklar bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi.

Shuningdek, futbolchiga Xitoy va Qatar klublaridan ham atkliflar tushmoqda. Avvalroq Ivanovichga himoyadagi kadrlar muammosi yuzaga kelganligi sababli “Barselona” ham qiziqish bildirganligi aytilgan edi.

Serbiyalik futbolchi bu mavsum Premer-Ligada 17 o‘yinda matsydonga tushgan. “Zenit” 17 turodan keyin Rossiya chempionatida 1-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!