
"Borussiya" Dortmund etakchisi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys Germaniya kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Verder"ga qarshi o‘yin tanaffusida zaxiraga olingan edi. Avvaliga buni ko‘pchilik murabbiyning Roysni muhim o‘yin oldidan asrashga qaratilgan harakat deb baholagan edi
Evening Standard tarqatgan xabariga ko‘ra esa, 29 yoshli futbolchi kichik jarohat olgan va bir haftadan so‘ng safga qaytadi. Shunday bo‘lgan taqdirda esa Marko EChL 1/8 final bosqichi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar