"Borussiya" Dortmund "Atletiko" hujumchisi uchun asosiy da’vogarga aylandi

  • 3 avgust, 2018, 08:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Kevin Gameyro faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra dortmundliklar 31 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 23 mln evro taklif qilishgan. O‘z navbatida unga xaridor bo‘layotgan boshqa bir klub – “Valensiya” esa 14 million bermoqchi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki nemis klubining ushbu kurashda “ko‘rshapalaklar”dan ko‘ra imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda.

Aytish kerakki, Gameyro “Borussiya” safida o‘tgan mavsum “Chelsi”dan ijaraga olingan hujumchi Mishi Batshuayining o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Gameyro o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!