
Boris Bekker: Mariya Sharapova "Australian Open"da favorit emas
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, germaniyalik Boris Bekker Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi favoritlarin sanab o‘tdi.
"Simona Xalep va Anjelik Kerber ayni damda bir xil o‘ynamoqda. Simonda hozir to‘p uzatmalari va o‘ng tomondan zarba berish muammosi bor. Shuningdek, u jarohat sabab ko‘p narsalarni boy berdi. Shu sababliham Xalep va Kerberning imkoniyati mazkur musobaqada bir hil va men ularni finalda uchrashishini xohlar edim. Lekin bosh sovrin uchun kurashda Serena Uilyams va amaldagi chempion Karolin Voznyatskini esdan chiqarish kerak emas.
Shuningdek, Garbin Mugurusa ham hozir yaxshi holatda. Lekin men Mariya Sharapovani favorit hisoblamayman. U "Katta dubulg‘a"da nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishi kerak. Va shuni aytishim kerkakkiy, Karolina Plishkova hamda Yuliya Gyorgesdan ham yuqori natija kutmayman", - deydi Bekker.
Fikrlar