
Bonuchchining qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor “Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchi kecha A Seriyaning 21-turi doirasida “Latsio”ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Turinliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchi bir oyga safdan chiqdi. Shu tariqa u “Atletiko”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Bonuchchi joriy mavsum “Yuventus” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar