
Boku-2017: Svechnikovning rekordidan yaxshiroq natija qayd etgan Ivan Zaytsev kumush medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan engil atletikaning nayza uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Ivan Zaytsev 78,66 metr natijani qayd etib, kumush medalni kulga kiritdi.
Qayd etish lozim, oldinroq para atletikaning ushbu yo‘nalishida Aleksandar Svechnikov Jahon rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar