Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi JCh-2019ning o‘tkazilish sanasi tasdiqlandi

  • 23 yanvar, 2019, 11:54
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida Rossiyaning Ulan-Ude shahrida o‘tadigan turnir sanasi tasdiqlandi. AIBA qaroriga ko‘ra, ushbu dunyo birinchiligi joriy yilning 3-13 oktyabr kunlari tashkil etiladi.

Tecno

Noyabr oyida Rossiya Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) ijroiya qo‘mitasining Moskvada o‘tkazilgan yig‘ilishida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida 2019 yilgi jahon chempionatini o‘zida qabul qilish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Turnir Buryatiya respublikasi poytaxti Ulan-Ude shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ayollar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati 2001 yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda. Tarixda ilk chempionat AQShda o‘tkazilgan. Ayollar o‘rtasidagi o‘tgan yilgi jahon chempionatga Hindiston poytaxti Dehli shahri mezbonlik qilgan. Umumjamoa hisobida bu turnirda xitoyliklar (4 oltin va 1 kumush) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!