Boks: Mirazizbek Mirzahalilov ham yarim finalda

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun bahslari doirasidan o‘rin olgan boks bo‘yicha -56 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi yarim final bosqichi ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Xususan, ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Miraziz Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik Enx-Amar Xarxuga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan bahs hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi vakilimizning yarim finaldagi raqibi indoneziyalik Sunan Agung Amoragam bo‘ladi.

Qayd etish lozim, bugun shuningdek Isroil Madrimov ham yarim final bosqichiga chiqish uchun eronlik raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!