Boburjon Tagaev chempionlik janglarida ishtirok etadi

BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik sportchi Boburjon Tagaev o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 10 fevral kuni o‘tkazadi.

Muay tay bo‘yicha Tailandda o‘tadigan “Topking World Series” turnirining yarim final janglarida Boburjon Tagaevdan tashqari tailandlik Yodvicha, perulik Gabriel Matsetti, germaniyalik Paskal Shrot ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Boburjon "EM LEGEND" turnirida ringga chiqib, muay tay bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!