Bobur Omonov ham yangi mavsumni "Andijon"da o‘tkazadigan bo‘ldi

  • 29 yanvar, 2019, 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan «Andijon» jamoasi selektsiya ishlarini jadal sur’atda olib bormoqda. Himoya chizig‘idagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida Bobur Omonov taklif etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Mahoratli himoyachini muxlislar yaxshi bilishsa kerak bungacha asosan «Buxoro» jamoasida o‘ynab kelayotgandi. Bugun Omonov «burgutlar» bilan rasman kelishuvga erishdi va shu tariqa joriy mavsumni «Andijon»da o‘tkazadigan bo‘ldi.

29 yoshli futbolchi universal hisoblanib, mudofaa chizig‘ining istalgan chizig‘ida birdek o‘ynay oladi. U o‘tgan mavsum «Buxoro» tarkibida 22ta o‘yin (jami 1915 daqiqa) o‘tkazib, 1ta gol va 4ta sariq kartochka qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!