
Boateng faoliyatini A Seriyada davom ettiradi
Italiyaning "Sassuolo" klubi "Ayntraxt" yarim himoyachisi Kevin-Prins Boatengning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 31 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Boatengga A Seriyaning boshqa bir jamoalari - "Jenoa" hamda "Milan" qiziqish bildirayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Boateng yakunlangan mavsum “Ayntraxt” safida jami 36ta bahsda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar