
Blashikovski Polsha terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanib oldi
“Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Yakub Blashikovski Polsha terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida rekordchiga aylanib oldi.
Ta’kidlash kerakki kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan bahs 32 yoshli futbolchi uchun terma jamoa libosidagi 103-o‘yin bo‘ldi. U bu ko‘rsatgich borasida polshalik sobiq futbolchi Mixal Jevlakovni ortda qoldirdi.
Blashikovskining rekordini yaxshilashga eng yaqin turgan futbolchi bu Robert Levandovski hisoblanadi. “Bavariya” forvardi hisobida hozircha 100ta o‘yin mavjud.
Fikrlar