Bir paytlar "Paxtakor"ga kerak bo‘lmagan Javohir Sidiqov yana "sherlar" safiga qaytdi

  • 22 fevral, 2019, 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi mavsumlarni “Qo‘qon-1912” safida o‘tkazgan yarim himoyachi Javohir Sidiqov yana “Paxtakor”ga qaytdi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 22 yoshli futbolchi “sherlar” safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sidiqov uchun “Paxtakor” begona emas. U aynan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “sherlar” safida 2016 yilgi mavsumda bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda maydonga tushgan va shundan so‘ng “Qo‘qon-1912”ga ijara asosida ko‘chib o‘tgan edi. U erda o‘zini ko‘rsatgach keyinchalik qo‘qonliklar uning transferini to‘liq sotib olishgandi.

Ma’lumot uchun, Sidiqov o‘tgan mavsum Superligada jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!