“Bir oyog‘i bilan” boshqa klubga o‘tgan futbolchilar (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 8 fevral, 2019, 14:50
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mana yangi davra ham boshlandi. Kimdir o‘zining yangi klubiga ko‘nikishni boshlayotgan bo‘lsa, boshqasi qo‘lidan ketgan imkoniyatdan afsuslanayotgani aniq. 
Futbolchi bilan shartnoma imzolash oson ish emas. Uning moliyaviy tomonini kelishish, tibbiy ko‘riklar, asablar… bunday paytda hamma narsa o‘zlari kutgandek sodir bo‘lmaydi.

Tecno

2019 yilning boshida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ammo so‘ngiga etmagan trasferlarga to‘xtalamiz.


Ivan Perishich, Yannik Karrasko va Kristofer Nkunku “Arsenal” da

Perishich “Inter” klubidan uni qo‘yib yuborishini so‘ragan, agenti esa mijoziga qiziqayotgan “Arsenal”klubiga o‘tishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilgan. 

Hammasi “xamirdan qil sug‘urgandek” ketayotgan edi, ammo “kanonir”lar so‘ngi lahzada cho‘ntaklari bo‘shab qolganini sezishdi. Futbolchi uchun keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish mumkin bo‘lgan mablag‘ni ham topib berisha olmadi. 
Italiyalik ko‘p kutishni xohlashmadi-natijada xorvatiyalik futbolchi Milan shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirdi. 
Yannika Karraskoning ijarasi ham aynan shu sabab bilan yakuniga etmay qoldi. “Dalyan Ifan” klubi “Arsenal” taklif qilgan pul ozlik qilishini aytdi. 
Eng qizig‘i London klubi Nkunkuni ham shu sabab tufayli qo‘lga kirita olmadi. Ularda moliyaviy holat yaxshimasdek…PSJ o‘z futbolchisini ijaraga berish orqali daromad olishni va yosh futbolchiga imkoniyat berishni xohlagan edi. “Arsenal” esa yana kam pul taklif qildi. 


Marko Arnautovich “Shanxay SIPG”da


Marko Danielning akasi va agenti o‘z qarindoshini Xitoy klubiga o‘tishi uchun “tirashdi”. U “Shanxay SIPG”ga ukasining narxi 35 mln. funt ekanligini, shu mablag‘ to‘lansa, “Vest Xem” uni qo‘yib yuborishini aytdi. Angliya klubi uni qo‘yib yuborgisi kelmagan ko‘rinadi. Aks holda futbolchiga buncha katta narx qo‘yishmagan bo‘lishardi. 
Aka-ukalar baribir maqsadlariga etishishmoqchi. Chunki Xitoy klubi futbolchining haftalik maoshi uchun 220ming funt berishmoqchi.

Marko Arnautovich yozda baribir klubni tark etishni reja qilsa kerak


Maksi Gomes “Vest Xem”da

Arnautovich “ketaman”ga tushib qolishidan oldin, “Vest Xem” o‘ziga hujumchi izlashni boshlab yuborgan edi. Ular “Selta” hujumchisi  Maksi Gomesga qiziqish bildirishdi. Hujumchiga ko‘p klublar qiziqayotganligi sababli, “bolg‘alilar” o‘z imkoniyatlarini juda ham past baholashdi. 
Oy so‘ngiga kelib ularning imkoniyati oshib ketdi. Gomes bu mavsumni tugatib, Sentyabrdan Angliyada to‘p surishi mumkin edi. 
43 mln. Funt Ispaniya klubiga etarli bo‘ldi, ammo haftasiga 80ming funt maosh so‘ragan futbolchi uchun “Vest Xem”ning “do‘ppisi tor keldi” 
Shartnoma kelishuvi oxiriga etmay qoldi. Balki yozda kelishuvlar davom etar. 

Mishi Batshuayi “Monako” yoki… “Vest Xem”

“Valensiya”da qolishni xohlamagan Mishi yanvardanoq yangi “sarguzashtlarga” tayyor edi. Terri Anrining “Monako”sini qutqarish uchun “qahramon” bo‘lgisi keldi. 
Belgiyalik futbolchi Anri bilan shaxsan ko‘rishdi. O‘z navbatida Anri ham u jamoaga umid bag‘ishlashi mumkinligiga ishondi. Ammo keyinchalik futbolchining o‘tishi qanchaga tushishi tahlil qilinib, masalalar o‘rganilganda “Frantsiya” klubiga og‘irlik qilishi oydinlashdi. Ijara shartlari ikki tomonga ham yoqmadi. 
Anrining klubdan ketishi aniq bo‘lgach, Batshuayining bu klubdagi imkoniyatlari pasayib ketdi. “Chelsi” “Betis” va “Vest Xem”ga futbolchini ijaraga olishni taklif qildi. Bu safar maosh futbolchiga yoqmadi. “Bolg‘alalilar” Gomesga ham Batshuayiga ham haftasiga 80ming bergisi yo‘q edi.

“Kristal Pelas” so‘nggi so‘zni aytdi. Belgiyalik Angliyada o‘ynaydigan bo‘ldi. 

Dominik Solanke “Kristal Pelas”da 

Dominik Solanke APLning eng shov-shuvli transferi bo‘lishiga yaqin edi. Hatto “Kristal Pelas” uni rasman e’lon qilishi kerak edi, ammo…

Ma’lum bo‘lishicha, ingliz futbolchisi formasini yo‘qotgan va yanvarda mashg‘ulotlarga kirishish uchun jismonan tayyor emas ekan. Bu London klubini qo‘rqitdi va ular fikridan qaytdi. 
Ayyor “Bornmut” klubi qimmatroq baholanishi mumkin bo‘lgan futbolchiga 17 mln taklif qilinganida indamay “xo‘p” demagan ekan. 

Jordan Lukaku “Nyukasl” da 

Akasidan farqli o‘laroq Jordan himoyada o‘ynaydi. Bitta Lukaku Angliyaga kamlik qilgan ko‘rinadi. Ikkinchisini olishga harakat boshlangan edi 
“Nyukasl” ko‘pdan o‘ziga yangi chap qanot himoyachisi izlayotgan edi, Nigeriyalik futbolchining transferi ayni muddao deb qaraldi. Kelishuv amalga oshish arafasida tibbiy ko‘rik natijalari Angliya klubiga yoqmadi. Ular tavakkal qilishni xohlamadi

Yakunda Rafa Benites “Monako”dan Antonio Barrekani ijaraga  olishga qaror qildi.



Luka Myorfi va Maykl Ngadyo-Ngadjyui “Fulxem”da 
Ko‘pchilikni mehrini qozongan 17 yoshli himoyachi “Xartlpul Yunayted” o‘yinchisi Luka Myorfi “Fulxem”ga o‘tishni tezlashtirish uchun o‘zi tashrif buyurdi. Klub ham futbolchi ham shartnomaga tayyor turishganida analitik va selektsionerlar bu transferga shoshmaslik kerakligini aytishdi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, analitiklar Myorfi top klublarda “o‘ynab keta olmaydi” deb hisoblagan. 

Himoyachi Maykl Ngadyo-Ngadjyui “bir oyog‘i bilan” “Fulxem” ga o‘tishga ulgurgan ham edi. So‘nggi kunda kelishuvlar ancha choʼzilib ketdi. Natijada yangi klubiga uchib kelgan futbolchi yana uyiga qaytib ketishga majbur bo‘​ldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
09/02/2019 16:04
Буларни каерга утишини кимга кизиши бор экан?