
Bilasizmi? FIFA JCh-2018da ishtirok etayotgani uchun Maradonaga pul to‘laydi
FIFA argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaga JCh-2018da ishtirok etayotgani uchun pul to‘laydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning xabar berishicha 1986 yilgi jahon chempioni JCh-2018da o‘tkazgan har bir kuni uchun FIFAdan 11 ming evro oladi. Bundan tashqari FIFA futbol yulduzining Rossiyadagi barcha xarajatlarini qoplaydi.
Ta’kidlash kerakki, Maradona FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tuzib chiqilgan “FIFA afsonalari” ro‘yxatiga kiradi.
Fikrlar