Bilasizmi? Bundan roppa-rosa 9 yil oldin Messi ilk "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritgan

  • 1 dekabr, 2018, 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan roppa-rosa 9 yil muqaddam, ya’ni 2009 yilning 1 dekabr kuni “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi o‘zining ilk “Oltin to‘p”iga ega bo‘lgan edi.

Tecno

E’tiborlisi, mohir futbolchi shundan so‘ng 2010, 2011, 2012 va 2015 yillarda ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida shug‘ullanib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada jami 652ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 567ta gol hamda 221ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Argentina terma jamoasi safida esa 128ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 65ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!