Beyl eng yaxshi mavsumini o‘tkazyaptimi?

  • 26 sentabr, 2018, 06:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Beyl “Real”ning ushbu mavsumdagi o‘yinlarida super natijalarini ko‘rsatmoqda. U har doimgidanda kuchli, hal qiluvchi va jamoaning muhim bo‘lagi bo‘lmoqda.

Tecno

Uning uzoq vaqt “Santyago Bernabeu”da Zinedin Zidanning e’tiborisiz bir chekkada qolib ketayotgandi.

Afsuski frantsiyalik mutaxassisning Beylga nisbatan munosabati uning o‘yiniga ta’sir qilmasdan qolmadi.

Zidan qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasini yutganidan keyin klubdan ketishini ma’lum qilganida barcha futbolchilar, direktorlar va muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda bu xabarni shokka tushgan holda izohlar qoldirishdi. Bunga Beylning o‘z munosabatini bildirmaganini tushunsa bo‘ladi.

Uelslik futbolchi hech qachon Zidan bilan til topisha olmagan. Haqiqat shuki, Zidan Beylga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Boshqa futbolchilar, ayniqsa Krishtianu Ronaldu Zidanning unga bo‘lgan e’tiboridan ancha foydalangan. Beylga imkoniyat qoldirishmadi, unga o‘yinini boshqalarga moslashtirish varianti qoldi, xolos. Endi Ronaldu ketgach, u maydonda eng muhim futbolchiga aylangan. U o‘zini ko‘rsatmoqda va muhim futbolchi ekanini his qilmoqda. U buni faqatgina Uels termasida bajarib kelardi.

Bu uning o‘yinida fundamental ahamiyat kasb etadi. Toni Kroos va Luka Modrichlar oilalari bilan Beylga yaqinroq bo‘lishdi va unga yordam berishga intilishdi. Biroq “Tottenxem”ning sobiq vakili uncha kirishimli emas.

Uning ispanchada qiynalishi esa ijtimoiy tomondan yordam bermaydi. Madridga kelganiga besh yildan oshgan bo‘lsada, u garchi bu tilni tushunayotgan bo‘lsada hamon jamoatchilik oldida ispan tilida etarlicha muloqot qila olmaydi.

Maydonda esa uning ajoyib qobiliyatlariga shubha qilmaydi.

Unga maydon, vaqt va to‘p berilsa, tomoshabop futbolchiga aylanadiyu u bilan ishlagan avvalgi murabbiylar u o‘zida ishonchni hosil qilishi kerakligini aytishadi.

O‘ziga ishonch esa albatta unga mas’uliyat yuklatilishi va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish bilan keladi. Zizu esa bularni unga bergani yo‘q.

O‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsada, u atigi uch marta o‘yinni asosiy tarkibdan boshlagan. U “PSJ”ga qarshi dastlabki uchrashuvda va finalda “Liverpul”ga qarshi to‘liq harakat qildi va o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

U ayniqsa mayda bo‘lib o‘tgan “Liverpul”ga qarshi finalda asosiy tarkibda o‘ynashga tashna ekanligini barchaga namoyish qildi.

U ikki muhim gol urdi, shundan bittasi Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gollardan biri bo‘ldi. Hatto Zidanning 2002-yilgi “Bayer”ga kiritigan golidanda benazir bo‘ldi.

O‘sha uchrashuvdan keyinoq Beyl OAVga jiddiy fikrlarini bayon qildi: “Men har hafta o‘ynashim kerak, ammo bu mavsumda bir yoki boshqa sabablar tufayli bu holat amalga oshmadi.”

“Men mavsum startida besh haftalik jarohat oldim va shundan keyin safdaman. Men yozda o‘tirib agentim bilan kelajagim haqida gaplashib olishim kerak” – deya qo‘shimcha qilgandi.

Bu “Real” bilan to‘rtta Chempionlar Ligasini yutib olgan futbolchidan klub rahbariyati tomon o‘ziga xos ultimatum edi.

Biroq Zidanning ketishi barchasini teskarisiga brib yubordi. Zidan ketishini ma’lum qilganidan keyin Beyl uning klubdagi maqomi o‘zgarishini bilardi. Jamoa etakchisi Ronalduning ham biroz vaqt o‘tib ketishi unga qo‘shimcha erkinlik bag‘ishladi.

Beylning odamlari va “Real” o‘rtasida kechishi kutilgan uchrashuv amalga oshmadi chunki bunga endi ehtiyoj qolmadi.

Yangi mavsumda esa u o‘zini “baliqdek his qilmoqda”. U besh o‘yinda klub uchun 4 gol va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.

Lopetegi ham Beyl klubning muhim bo‘lagiga aylana olishiga ishonmoqda. Vingerning o‘zi ham nafaqat bundanda yaxshiroq o‘ynashi balki “Real”ning yangi etakchisiga aylana oladi.

Zidan va Ronalduning klubdan ketishi Beylning “Real”dagi eng super mavsumini o‘tkazishiga zamin hozirladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!