"Betis" "Atletiko" hujumchisini ijaraga olmoqchi

  • 23 yanvar, 2019, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" klubi "Atletiko" Madrid hujumchisi Nikola Kalinichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda sevilyaliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi. O‘z navbatida “Atletiko” “Chelsi”dan ijaraga olayotgan hujumchi Alvaro Morataning maoshiga pul topish uchun Kalinichni boshqa jamoaga berib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Kalinich “Atletiko” safiga yozda “Milan” safidan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum madridliklar safida jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!