Bernd Shtange: Ertaga tomoshabop o‘yin bo‘lishiga umid qilyapman

  • 5 sentabr, 2018, 11:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Suriya uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Suriya terma jamaosi bosh murabbiyi Bernd Shtange ishtirok etdi.

Tecno

- Biz oldimizda muhim o‘yinlar turipti. Shu o‘yinlarda qit’a chempionatiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Ertaga tomoshabop o‘yin bo‘lishiga umid qilyapman.

Futbolchilar ro‘yxatiga eribor bersanglar barchasi chetdan chaqirilgan. Faqatgina 6 tasi Suriyadan. Tayyorgarlik ham shunga yarasha chet elda o‘tmoqda. Biz kecha uchib keldik. Kecha Paxtakor stadionida mashg‘ulot o‘tkazdik.

O‘zbekiston chindan ham yildan yilga rivojlanib bormoqda. Bunga hozir amin bo‘lmoqdaman. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatida chempion bo‘ldi. Bu orqali kattalar o‘rtasidagi futbolni ham kuchaytirib boradi. Ishonchim komil yaqin yillarda qit’a va jahon miqyosida ham yaxshi natijalar qayt eta boshlaydi, - deydi mutaxassis o‘z so‘zida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!