
Benzemani Xitoyga chorlashmoqda
Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzemaga yana bir xaridor paydo bo‘ldi.
Ispan nashrlarining yozishicha nomi sir tutilayotgan Xitoy kulubi 31 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 50 million evro to‘lashga tayyor.
Biroq, ta’kidlash kerakki, Benzemaning o‘zi “Real”dan ketishni istamayapti. Unga shuningdek Italiya grandlaridan ham qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Real" qishda Benzemani sotishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar