Benzemaga APL klubidan jiddiy taklif bo‘lmoqda
Madridning “Real” klubi forvardi Karim Benzemaga Angliya premer-ligasi ishtirokchisidan taklif bo‘lmoqda.
Ispan nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda 30 yoshli frantsiyalik hujumchiga Londonning “Vest Xem” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Unga ko‘ra “bolg‘achilar” “qirolli klubi”ga ham, qolaversa Benzemaning o‘ziga ham yaxshigina pul to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Italiyaning “Napoli” klubi Benzema uchun “Real”ga 40 mln evro taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Benzema o‘tgan mavsum “Real” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar