Benzema keyingi mavsumdagi maqsadlari haqida aytib o‘tdi
Madridning "Real" klubi xujumchisi Karim Benzema o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.
- Bir jamoa bo‘lib sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz darkor, oldimizga qo‘ygan yagona maqsad shu! O‘tgan mavsumdan ko‘ra, yangisida yanada kuchliroq o‘ynashim kerak. Mashg‘ulotlarda va uchrashuvlar davomida ko‘proq harakat qilishim kerak.
Tan olish lozim, hech qachon bunday musobaqalarda g‘olib bo‘lishni hayolimga ham keltirmaganman. Ammo "Real"ga muvaffaqiyatli bo‘lish uchun o‘tganman.
Albatta, faoliyatim davomida omadsizlikka uchraganman biroq bu hammasi o‘tmishda. Xozirda, men "qirollik klubi" safidaman va men baxtliman, - deya Benzemaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Espana nashri.



Fikrlar