Benzema Ronalduga qarshi Italiyada to‘p tepadi
Madridning "Real" klubi xujumchisi Karim Benzema faoliyatini Italiyada davom etirishi mumkin.
Dushanba kuni "Milan" klubi vakili Lyudovik Fattitstso futbolchining agenti bilan ushbu transferni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borgan. Kelishuv klub bazasida bo‘lib o‘tib, unda jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo hamda sport direktor Massimiliano Mirabelli ishtirok etishgan.
Jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lumotlariga ko‘ra, Gattuzo futbolchi bilan yuxma-yuz suhbat qurgan va shundan so‘ng Karim ushbu ko‘chib o‘tishga og‘zaki rozilik bergan.
Xabarlarga ko‘ra, Benzema "Milan"da "Real Madrid"da bo‘lgani kabi yiliga 9 million evro maosh va bonus tariqasida 3 million evrogacha daromad topadi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchining "qirollik klubi" bilan bo‘lgan shartnomasi 2022 yilda o‘z nihoyasiga etadi, shundan so‘ng u "rossonerlar" tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.



Fikrlar