Benzema: Ronaldu ketgach jamoadagi mas’uliyatim yanada oshdi

  • 23 noyabr, 2018, 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi hujumchisi Karim Benzemaning so‘zlariga ko‘ra sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga o‘tib ketgani uni ruhlantirmoqda.

Tecno

“Jamoada mening mas’uliyatim yanada kuchayganini sezyapman, chunki ilgari bizda Ronaldu bor edi. Endi men gol urishim kerak. Men bunga tayyorman va ichimda g‘ayratim to‘la. Men hozir juda yaxshi formadaman va yoshman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Benzema joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Taqqoslash uchun, Benzema o‘tgan mavsum 48ta o‘yinda ishtirok etib, bor yo‘g‘i 12ta gol urishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!