Benzema EChL to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Madridning “Real” klubi forvardi Karim Benzema kecha “Ayaks”ga (2:1) qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Squawka tarqatgan xabarga ko‘ra bu 31 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun EChLdagi 60-gol bo‘ldi va u turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida kuchli to‘rtlikka kirib oldi. Ayni damda Benzemadan yuqori pog‘onada Raul (71), Lionel Messi (106) va Krishtianu Ronaldu (121) turibdi.
Ma’lumot uchun, Benzema “Real” sharafini 2009 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 450ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 211ta gol hamda 120ta golli uzatma yozdirib muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar