
Belgiya termasi jahon chempionatlardagi 48 yillik natijani takrorladi
Belgiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi kechgan JCh-2018 1/8 final uchrashuvida irodali o‘yin namoyish qildi. 3:2.
Ikkinchi bo‘limda belgiyaliklar 2 ta to‘p farqi bilan ortda borayotgan edi, biroq yakunda uchta to‘p kiritib, g‘alaba qozonishning uddasidan chiqishdi.
So‘nggi marta jahon chempionatlari pley-off bosqichida bunday kambek Germaniya terma jamoasi bilan yuz bergan. 1970 yilgi mundialda nemislar Angliya termasini qo‘shimcha vaqtlarda 3:2 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan.
Shunday qilib, Belgiya JChda 1966 yildan beri pley-offda asosiy vaqtda ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqargan holda g‘alaba qozona olgan ilk jamoaga aylandi.
JCh-1966da Portugaliya termasi shunga o‘xshash natijani Shimoliy Koreya (5:3) bilan bo‘lgan o‘yinda qayd etgan.
Fikrlar